

Mazkur musobaqaning guruh bosqich o'yinlariga qur'a tashlandi. Qur'a yuzasidan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Davron Choriev fikrlariga quloq tutdik.
"Qur'adan oldin bizga aynan birorta jamoani tushishini kutmagandim. Hammasi biz bilgan va biz o'ynagan jamoalar raqib bo'lishdi. Raqiblarni hurmat qilamiz va har biriga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Mazkur guruhni muvaffaqiyatli o'tkazishga urinamiz. Asosiy maqsadimiz musobaqa g'olibligini qo'lga kiritish hisoblanadi. Biz bunga erishish uchun oxirigacha kurashamiz", - dedi Davron Choriev.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha 17-Osiyo Kubogi 27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kuvaytda bo'lib o'tadi. O'zbekiston "B" guruhida Bahrayn hamda qo'shni davlatlar Tojikiston va Turkmaniston bilan kuch sinashadi.


Bahodir Ahmedov: "Guruhda favorit O'zbekiston. Lekin hammasini o'yinlarimiz ko'rsatadi"



