David Vilya Yaponiya klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018
Ispaniyalik hujumchi David Vil erkin agent sifatida Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubiga o'tdi.

"Vissel Kobe" safida Vilyaning "Barselona" va Ispaniya terma jamoasidagi do'sti Andres Inesta to'p tepadi. Bundan tashqari Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lukas Podolski ham shu klubda o'ynaydi.

Oldinroq, Vilya "Nyu-York Siti" bilan shartnomasini uzaytirmagani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum David Vilya MLSning 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/guaje7villa