David Silva shartnomani uzaytirishga tayyor

Mirjalol Normatov
14 noya 2021
Yarim himoyachi David Silva ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Real Sosedad" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor turibdi.

"ElDesmarque" xabariga ko'ra, futbolchi jamoasi tarkibida o'zini yaxshi his qilmoqda. Shu sababli u jamoada qolishga tayyorligini ma'lum qilgan.

"Bu erda yaxshi futbol o'ynashadi, barcha mehnatsevar. "Sosedad"da ham faoliyatimning muhim bo'lagini o'tkazaman deb o'ylamagandim. Bu jamoaning o'yin uslubi ham menga yoqadi. Ular to'pni ushlab turishda anchagina xotirjam", - dedi Silva.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ElDesmarque