David Luiz: "Arteta dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
30 dek 2020, 21:50
"Arsenal" himoyachisi David Luiz "kanonirlar"ning yangi ustozi Mikel Arteta borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Fikrimcha, Arteta dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'la oladi. Ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynaganman. Uning o'yin uslubi o'zgacha.

U yaxshi futbolchi va aqlli murabbiy. Balki u dunyoning eng yaxshilaridan biridir.

Shu boisdan biz unga yordam berishimiz kerak. Ko'pchilik unga ishonmayapti. Biroq men uning o'yin uslubiga ishonaman va u tasavvur qilayotgan "Arsenal"ning yaralishida o'z hissamni qo'shmoqchiman", - dedi David Luiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal