Daniele de Rossi kechagi uchrashuvdan so'ng Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

Khoja
26 avg 2024
"Roma" ustozi Daniele de Rossi kechagi bahsda rimliklar safida yagona gol muallifi Eldor Shomurodovning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Eldor - mashg'ulotlarda ajoyib va qattiq ishlaydigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Menga unga o'xshagan futbolchi kerak", - deb fikr bildirgan Daniele de Rossi.

Eslatib o'tamiz, butun yoz davomida Eldor Shomurodov "Roma"ni tark etishi haqida fikrlar tarqaldi.


KhojaMuallif
Manba: sportmediaset