Daniel Maldini "Milan" bilan A Seriyada g'alaba qozondi. Bungacha uning bobosi va otasi ham klub bilan skudettoni qo'lga kiritishgan

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2022
Yarim himoyachi Daniel Maldini "Milan" tarkibida Italiya chempioni bo'ldi.

20 yoshli futbolchi uchun bu faoliyatidagi ilk A Seriya sovrini hisoblanadi.

Vaqtida uning bobosi Chezare va otasi Paolo ham "Milan" bilan zafar quchgandi.

Daniel Maldini bu mavsum 8 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Paolo Maldini "Milan" bilan 7 marta mamlakat chempioni bo'lgan: 1984 - 2009 yillar oralig'ida.

Chezare Maldini klub safida 1954 - 1966 yillar oralig'ida to'p tepib, 4 marta skudettoga ega chiqqan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia