Dani Olmo "Barselona"ga qaytishga yaqin

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023
"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Bild" xabariga ko'ra, futbolchining transferi 2024 yilning yozida amalga oshadi. Bitim summasi taxminan 60 million evroni tashkil qiladi.

25 yoshli ispaniyalik Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yilda u "Barselona"ning yoshlar tizimidan Zagrebning "Dinamo"siga o'tdi, 6 yil o'tib "Leyptsig"ga yo'l oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild