

"Barselona" Olmo borasida "eb qo'ydimi"?!
Futbolchining agenti uning "Barselona"dan kyetishini rad etdi.
Eslatib o'tamiz, La Liga Kataloniya klubiga Dani Olmo va Pau Viktorlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ikki marta ham rad javobini berdi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Olmoga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" hamda "Arsenal" jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
"Shuni aytishim mumkinki, Dani "Barselona"da qolishga qaror qildi. Biz boshqa hech qanday taklif yoki klubni o'rganib chiqmayapmiz.
Dani Olmo "Barsa" uchun o'ynashni xohlaydi, uning istagi aniq va tiniq", - dedi o'yinchining agenti Andi Bara.




