Dani Alvesh uchun garov pulini qaysi futbolchi to'lagani ma'lum bo'ldi. Bu - Neymar emas!

Khoja
26 mar 2024
Atletiko hujumchisi Memfis Depay Barselonaning sobiq himoyachisi Dani Alveshga 1 million evro garov evaziga qamoqdan chiqishi uchun yordam berdi, deb yozadi Dailysports.

Manbaga ko'ra, Dani Alveshning o'zi qarzlar va muzlatilgan bank hisoblari tufayli garov pulini to'lay olmadi. Memfis Depay braziliyalik futbolchi bilan 2021/2022 yilgi mavsumda Barselona safida harakat qilgan.

slatib o'tamiz, sud zo'rlashda ayblanib, 4,5 yilga qamalgan "Barselona" sobiq himoyachisini 1 mln. evro garov evaziga ozod qilishga rozi bo'lgan edi. Ammo futbolchining pasporti olib qo'yiladi va u har hafta sudda ko'rinish berib turishi lozim.


KhojaMuallif
Manba: Dailysports