Dani Alves yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 10:55
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves "Pumas" bilan shartnoma imzoladi.

39 yoshli himoyachining Meksika klubi bilan shartnomasi bir yilga amal qiladi. U erkin agent sifatida yangi jamoasiga borib qo'shildi.

O'tgan mavsumni Alves "San-Paulu" futbolchisi sifatida boshlagan, yanvarda esa u "Barselona"ga qaytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal