

"Real" hamma uchun favorit emas. Bizda ular bilan alohida hisob-kitob bor, chunki Madrid klubi 1998 yil ofsayddan urgan goli tufayli "Yuventus"ni mag'lub etgan" - deydi Alves.
O'sha yagona gol Predrag Miyatovich hisobiga yozilgan.
"Real" himoyachisi Marselo ushbu so'zlarga xotirjamlik bilan javob qaytardi.
"Biz o'zimizning o'yinga e'tibor qaratganmiz va qanday harakat qilishni bilamiz. Alvesning so'zlari esa bizni havotirga solmaydi. U nimaga erishmoqchiligini hammamiz bilamiz" - deydi Marselo.



