Damir Temirov "Dinamo"ga qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2024
"Metallurg" hujumkor yarim himoyachisi Damir Temirov jamoadan ketdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Metallurg" yarim himoyachisi Damir Temirov qadrdon shahri – Samarqandga qaytishga qaror qildi. 

Damir Temirov "Metallurg" sharafini 2021-2023 yillar mobaynida himoya qildi. U bekobodliklar tarkibida Superliga bahslarida jami 45 ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 9 ta to'p kiritdi. "Metallurg" libosida maydonda 3904 daqiqa harakat qildi hamda hakamlardan 8 marta sariq kartochka oldi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати