SSKAga Rossiya chempionati kumush medallari topshirildi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018
Rossiya Premer-Ligasi prezidenti Sergey Pryadkin hamda SSKA klubi prezidenti Evgeniy Giner futbolchilar va murabbiylar shtabiga mavsum-2017/2018 medallarini tantanali ravishda topshirishdi.

Tantanali marosim “VEB Arena” stadionida bo'lib o'tdi. O'tgan mavsumda SSKA Rossiya chempionatida ikkinchi o'rinni egallab, Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishgandi. 

Eslatib o'tamiz, Moskva armiyachilari o'tgan mavsum YCHLda guruh bosqichiga yo'l olishgan, lekin yakunda o'z kvartetlarida uchinchi o'rin bilan kifoyalanishgan edi. Yevropa Ligasining chorak finalida esa “Arsenal”ga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.

Yevropaning grand klublari e'tiborini o'ziga torta olgan Golovin esa SSKAning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: