

“Biz Fayzullaev bilan ancha oldin xayrlashgandik. U SSKAda o'zini ko'rsata oladi degan umiddamiz, ammo hozir to'lov borasida qiyinchiliklar mavjud. Sankciyalar tufayli SSKA pul o'tkaza olmayapti, shuning uchun bu jarayon biroz sekinlashdi. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi, lekin bazi muammolar mavjud. Biz o'z zimmamizga yuklatilgan vazifani bajardik va tarbiyalanuvchimiz bilan xayrlashdik, SSKA esa transfer borasida ishlarni davom ettirmoqda", - dedi Adisman.
Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi “Paxtakor” safida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida O'zbekiston terma jamoasi safida 3 ta o'yin va 1 ta gol bor.



