SSKA – Manchester Siti. Uchrashuvni vengriyalik hakamlar boshqarib borishadi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2014
UEFA YCHL 3-turi doirasidagi o'yinlar uchun hakamlarni tayinladi.
SSKA – Manchester Siti uchrashuvini 39 yoshli Ishtvan Vad boshchiligidagi vengriyalik hakamlar boshqarib borishadi. Qanotlarda Ishtvan Albert va Peter Berettyan ishlashadi, darvozalar ortidagi hakamlar – Shandor Sabo va Jolt Sabo.

Ushbu guruhdan o'rin olgan Roma – Bavariya uchrashuvini shvetsiyalik Yunas Eriksson boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi.

Ikkala o'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Moskvadagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21.00da, Rimda esa 23.45da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru