SSKA Abbos Fayzullaev uchun "Paxtakor"ga qancha to'laydi?

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2023, 21:33
Abbos Fayzullaev necha pul evaziga Rossiya klubiga o'tayotgani ma'lum bo'ldi.

Oldinroq, saytimizda O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Rossiyaning SSKA klubiga o'tayotgani e'lon qilingan edi.

Narzulla Saydullaev o'z Telegram kanalida "armiyachilar" futbolchi uchun "sherlar"ga qancha to'lashi haqida ma'lumot berdi. Saydullaevning yozishicha, Moskva klubi "Paxtakor"ga Fayzullaev uchun 500 000 evro o'tkazib beradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia