Coca-Cola Superliga. "Navbahor" – "Paxtakor" o'yinida ishlaydigan Norsafarovning statistikasi

7 apr 2021, 16:25
Birozdan keyin O'zbekiston Superligasining 5-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin start oladi.

Coca Cola Superliga. Bugun "Navbahor" "Paxtakor" bilan o'ynaydi         

"Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi bahsni 27 yoshli Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. 18:30 da start oladigan o'yin mazkur brigada uchun Superliganing joriy mavsumidagi 3-si bo'ladi. Ular bunga qadar "Andijon"ning "Qizilqum" va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarida ishlashgan edi (shuningdek, Pro ligada ham bitta o'yin).

QIZILQUM – ANDIJON - 1:0
11 mart 2021 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Naim Qosimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Coca Cola Superliga, 3-tur
BUNYODKOR – ANDIJON 3:1
20 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Shohruh Qayumov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin

Joriy mavsum statistikasining dalolat berishicha, Norsafarov sariq kartochkalarini har o'yinda o'rtacha 5 marta cho'ntagidan chiqarishga majbur bo'lyapti. Bundan tashqari, u 20 mart kuni o'tkazilgan 3-tur bahsida "Bunyodkor" vakili Ibrohim Tomivaga qizil kartochka ko'rsatgan edi. 

Qiziqarli jihati, Norsafarov o'zi ishlagan ikkala bahsda ham 1 tadan penalti belgilagan (har ikkovi "Andijon" darvozasiga).


Manba: championat.asia