Coca Cola Superliga. "Buxoro" - "Mashal" uchrashuvi Qarshida bo'lib o'tadi

Alisher
27 noya 2020, 16:12
Xabaringiz bor, “Buxoro” sport majmuasida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani bois “Buxoro” jamoasi joriy yilgi mavsumda o'z uy uchrashuvlarini Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda o'tkazib kelmoqda.

Coca Cola Superliga 25-turi doirasida buxoroliklar stadion mezboni “Mashal” jamoasiga qarshi bahs yurtishini inobatga olib, sport principlariga amal qilish maqsadida mazkur bellashuv Qarshidagi “Markaziy” stadionga ko'chirildi.

Ma'lumot uchun, “Buxoro” – “Mashal” bahsi 29 noyabr soat 14:00 da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: pfl