

BUNYODKOR – SURXON
12 sentyabr 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Xusniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Shuxrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Bu jamoalar hozirga qadar uch marta to'qnash kelishgan. O'tgan mavsumda Termizdagi bahsda "Surxon" 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, "Bunyodkor" o'z maydonida 3:0 hisobida revansh olgan. Bu yil birinchi davrada Termizda o'tgan uchrashuvda "qaldirg'ochlar" 3:1 hisobida zafar quchishgan.
METALLURG – AGMK
12 sentyabr 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 19:00
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.
Toshkent viloyati jamoalar hozirga qadar 25ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ikki jamoa 11tadan g'alaba qozongan. Uch bor durang qayd etilgan.
"Metallurg" o'zaro o'tgan oxirgi to'rt o'yinda bu raqibga umuman yutqazmagan - 2 g'alaba va 2 durang.



