Coca-Cola Superliga 6-turi doirasidagi “Paxtakor” – AGMK uchrashuvida ham VAR tizimidan foydalaniladi

Alisher
30 apr 2022
30 aprel – 2 may kunlari Coca-Cola Superligada 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Oldinroq tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlarda ishlaydigan rasmiy shaxslar ro'yxati e'lon qilingan bo'lib, turning so'nggi ikki o'yinida VAR tizimi ishlashi masalasi ko'chma televizion stanciyaning jadvaliga asosan keyinroq ma'lum qilinishi bildirilgandi. 

Televidenie ko'chma stanciyasining jadvalidan kelib chiqib, 2 may sanasidan o'rin olgan “Paxtakor” – AGMK uchrashuvida Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo'ldi. “Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida esa VAR tizimi ishlamaydi.


Coca-Cola Superliga. 6-tur

2 may, dushanba

PAXTAKOR – AGMK

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmanov, Shohruh A'zamov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistenti: Akobirxo'ja Shukurullaev

Komissar: Bekzod Aripov.



Coca-Cola Superliga. 6-tur uchrashuvlari rasmiylari


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz