Chuameni yozgi transfer oynasida "Monako"dan ketishi mumkin

Alisher
5 may 2022
"Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuameni yozda klubdan ketishi mumkin.

"Chelsi", "Liverpul" va "Real" 22 yoshli o'yinchini yozgi transfer oynasida xarid qilishga qiziqmoqda.

Xavbekning agentlari bir necha oylardan buyon Yevropa klublari bilan muzokaralar olib bormoqda, o'yinchining o'zi "Monako"ga CHLga chiqishga yordam bermoqchi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport