Chuameni "Real"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikni 13 iyunda yakunlaydi

Alisher
9 iyun 2022, 16:04
"Real" "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuamenining transferi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi 13 iyunda Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiya - Xorvatiya o'yinidan so'ng Madrid klubiga o'tish uchun yakuniy tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Transferning barcha tafsilotlari borasida kelishuvga erishilgan, yarim himoyachining shartnomaga imzo chekishi qoldi xolos.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano