Chuameni "Real"dan ketmoqchi emas. U asosiy tarkibdagi joyini qaytarmoqchi

Alisher
5 iyul 2023
Orelen Chuameni "Real"dan ketmoqchi emas.

23 yoshli fransiyalik yarim himoyachi asosiy tarkibdagi joyini qaytarmoqchi va raqobatdan qo'rqmaydi. "Real" Chuameniga kelajakdagi istiqbolli va muhim o'yinchi sifatida qaramoqda.

Qayd etish kerakki, Chuameni mavsumning birinchi qismida muntazam ravishda asosiy tarkibda chiqdi, ammo 2023 yilda tarkibdan chiqdi va asosan zaxiradan maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca