

Navbahor jamoasi tarkibiga qo'shilgan Xyun-Yeon Choy uzoq muddat maydonga tusholmadi. Sog'ligida muammolar borligi tufayli PFL ha deganda o'ynashga ruxsat bermadi.
Katta qiyinchiliklar bilan koreyalik futbolchiga ruxsat berildi. Uning harakatlari muxlislarda yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Shu zaylda to'p tepganda muxlislarning yoqimtoyiga aylanardi.
Navbahorni Rashid G'ofurov tark etgach, koreyalik Choy ham yurtiga ketdi. Klub matbuoti Choy shaxsiy masalalar tufayli Janubiy Koreyaga ketganligi haqida ma'lumot berdi.
Hozirda Choyning Namanganga qaytishidan qaytmasligi aniqroq bo'lib turibdi.



