CHL doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi ayollar futboli tarixida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin bo'ldi

Alisher
31 mar 2022, 11:01
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Barselona" va "Real" (5:2) o'rtasidagi o'yinda muxlislarning tashrifi bo'yicha jahon rekordi o'rnatildi.

Bu haqda UEFA xabar bermoqda.

Barselonadagi "Kamp Nou" stadioniga 91 553 muxlis tashrif buyurdi.

Oldingi rekord Pasadina (AQSH)da JCH-1999 finali doirasidagi AQSH va Xitoy (0:0, penaltilar bo'yicha 5:4) o'rtasidagi o'yinda o'rnatilgan edi. O'shanda o'yinga 90 185 muxlis tashrif buyurgan.

"Barselona" 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniya jamoasi ilk o'yinda 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi.

Ispaniya jamoasi yarim finalda "Arsenal" - "Volfsburg" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 21 may kuni Turinda bo'lib o'tadi. "Barselona" musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com