Chiluell va Maunt COVID-19'ga ehtimoliy chalinish sabab Evro-2020da bir haftani o'tkazib yuborishadi

Alisher
22 iyun 2021
Angliya terma jamoasi futbolchilari Ben Chiluell va Meyson Maunt Chexiyaga qarshi Yevropa chempionati doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ikki o'yinchi ham koronavirusga musbat test topshirgan Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi Billi Gilmor bilan aloqada bo'lishgan.

28 iyunga qadar Chiluell va Maunt izolyaciyada bo'lishadi va yakka tartibda shug'ullanishadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/England