

“Vest Xem” klubining meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes “Chicharito” faoliyatini “Valensiya”da davom ettirishi mumkin. Boisi “ko'rshapalaklar” ustozi Marselino futbolchini jamoaga olib kelish uchun muzokaralarni boshlashga ruhsat bergan. Transfer yanvardayoq amalga oshishi mumkin. Ma'lumot uchun, futbolchi uchun Ispaniya begona emas, u vaqtida “Real Madrid” safida ijara asosida to'p surgan.



