Chernogoriyalik xavbek yanvarda "Yuventus" safiga qo'shiladi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2024, 01:20
Yanvarda "Yuventus"ga hozirda Podgoricaning "Buduchnost" klubida o'ynayotgan chernogoriyalik yarim himoyachi Vasilie Adjich qo'shiladi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 17 yoshli Adjich yanvarda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga keladi. 

Chernogoriyalikning transfer narxi 2 million evroni tashkil etadi va 3 million evro miqdorida bonuslar bor.

Adjich joriy mavsum "Buduchnosti" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano