Chempionship klubi "Norvich" 10 million evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
18 iyul 2022
"San-Paulu" yarim himoyachisi Gabriel Sara "Norvich" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

23 yoshli braziliyalik bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Sara "Norvich"dagi ilk braziliyalikka aylandi. Transfermarkt bitimni 10,5 mln evroga baholamoqda.

Sara joriy mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: canaries.co.uk