Chempionship jamoasi "Liverpul" yarim himoyachisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024
Futbolchi mavsumni ikkinchi divizionda yakunlaydi.

"Xall Siti" o'zining rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Fabiu Karvalyuni ijaraga olganini e'lon qildi. Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.

21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumning birinchi yarmini "Leyptsig" safida o'tkazdi. "Qizillar" futbolchining ijara muddatini to'xtatishga qaror qildi, chunki u kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgandi.

Shu tariqa, portugaliyaliklar mavsumning ikkinchi yarmini "Xall" safida o'tkazadi. "Yo'lbarslar" hozirda Chempionship turnir jadvalida 39 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wearehullcity.co.uk