Reshford "Barselona"da qolishi mumkin: klub doimiy shartnomani muhokama qilyapti

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Barselona" ijara muddati tugagach, Markus Reshford bilan uzoq muddatli shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi o'yinchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha muzokaralarda oldinga siljigan. Biroq futbolchi huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli va klub 30 mln evro miqdoridagi sotib olish summasini talab qilmoqda hamda bu talabni pasaytirish niyatida emas.

Reshfordning ijara shartnomasi iyun oyigacha mo'ljallangan. U joriy mavsum "Barselona" safida 34 o'yinda maydonga tushib, 10 ta to'p kiritdi va 10 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano