

Unga ko'ra, Federiko Valverde Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Seshanba kuni "Real Madrid" turnirning 1/4 final javob o'yinida "Chelsi"ni mag'lub etdi (2:0), urugvaylik yarim himoyachi golli uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, Rafael Leau (“Milan”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) va Lautaro Martines (“Inter”) ham sovringa davogarlik qilishdi.
Yevropa ligasida esa haftaning eng yaxshisi deya "Sevilya" hujumchisi Yusuf En-Neseri etirof etildi, u "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (3:0).



