Chempionlar ligasi finalida qaysi xonanda qo'shiq kuylaydi?

Aslanov Jasurbek
8 may 2018
26 may kuni Chempionlar ligasi final uchrashuvi ochilish marosimida britaniyalik xonanda Dua Lipa chiqish qiladi.

22 yoshli qo'shiqchi Kievda "Real" hamda "Liverpul" o'rtasida o'tkaziladigan finaldan avval qo'shiq kuylaydi.

Dua Lipa - klipi YouTube tarmog'ida milliarddan ortiq tomosha qilingan kam sonli xonandalardan biri hisoblanadi. Londonlik qizning qo'shiqlari butun dunyoga mashhur hisoblanadi.

"UEFA tomonidan Chempionlar ligasi finaliga taklif qilindim. Bunday imkoniyat hayotda bir marta bo'ladi. Ushbu ajoyib tadbirda sahnaga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi xonanda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA