

Futbolchi "to'pchilar" safida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi. U 2014 yilda tark etgan "Sautgempton"ga qaytmoqchi. Chembersning bu klubda o'yin amaliyotiga ega bo'lish imkoniyatlari katta, chunki jamoa ustozi Ronald Kuman himoyani kuchaytirish niyatida. Kalum himoya markazi va o'ng qanotda o'ynashga qodir.
Chembers yakunlangan mavsumda "Arsenal" safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.



