"Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan xabarim bor, ammo bu haqda gapirishni istamagandim". Xadson-Odoi odam savdosiga aloqadormi?

Omonjon To`xtamirzayev
5 yanv 2024
Vinger Kallum Xadson-Odoi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o'zining ismi odam savdosida ayblanayotgan amerikalik moliyachi Jeffri "Epshteynning maxsus ro'yxati"da tilga olinayotgani haqida haqiqatni aytib berdi.

"Ma'lum vaqtdan buyon bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo'layotganidan xabarim bor, ularni, tabiiyki, ko'rdim. Biroq bu muhokamalarga qo'shilmoqchi emasdim, chunki bu ahmoqgarchilik (u paytlar men bola edim). Lekin bugungi kunda ma'lum darajada boshqalar uchun o'rnak sifatida ko'rsatiladigan sportchiligimni inobatga olib, vaziyatga oydinlik kiritmoqchi edim. Hech qachon Epshteyn bilan aloqam bo'lmagan va Epshteyn orolida bo'lmaganman. Shunday ekan, iltimos, bunday postlar ostida meni belgilashni bas qiling! Rahmat".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia