Chelsida ishlar og'ir. Yangi mavsumda London jamoasidan 10 ochko olib qo'yilishi mumkin

Khoja
31 mar 2024
APL moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun kelasi mavsumda Chelsidan 10 va undan ko'proq ochko olib qo'yishi mumkin.

Chelsi oldingi ikki mavsumni jami 211,5 million funt sterling zarar bilan yakunlagan. APL FFP qoidalariga ko'ra esa uch yil davomida jamoalar uzog'i 105 million funt sterling zarar ko'rishlari mumkin.

Sankciyalardan qochish uchun Chelsi 30 iyungacha bir qator futbolchilarni sotib yuborishi kerak bo'ladi.

Agar bu ish amalga oshmasa, Chelsi bu mavsumda mos ravishda olti va to'rt ochkodan mahrum qilingan Everton va Nottingem Forestdan ko'ra ko'proq ochko yo'qotish xavfi bor.

Football Insider xabariga ko'ra, APL Chelsidan yangi mavsumda 10 va undan ko'proq dan ortiq ochkoni olib tashlash orqali eng qattiq jazolashga tayyorgarlik ko'rmoqda.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru