"Chelsi" "Yuventus" bilan futbolchi almashishi mumkin

Оқил Абдубарноев
24 iyun 2022
Mavsum yakunida ikki himoyachisi bilan xayrlashgan "Chelsi" tarkibni kuchaytirmoqchi.

Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen shartnomalari yakunlanganidan so'ng jamoani tark etgani uchun "Chelsi" himoyani mustahkamlash uchun nomzodlar qidirmoqda.

Variantlardan biri sifatida "Yuventus" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt variani ko'rsatilmoqda.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 120 million evro deb ko'rsatilgan. Uning "keksa sinora" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi va bu sana yaqinlashgani sari "Yuventus" futbolchining ehtimoliy transferiga e'tiborni kuchaytiradi.

Turinliklar "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoga bo'lgan qiziqishini pasaytirmagan. Londonliklar mazkur vaziyatdan unumli foydalanib qolishi mumkin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ChelseaBlues.Ru