"Chelsi" yozda "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 mar 2020
"Real" hujumchisi Luka Yovich yozgi transferlar oynasida katta ehtimol bilan Madrid klubidan ketadi.

U asosiy tarkibdagi raqobatda Karim Benzemani enga olmadi. 22 yoshli serb futbolchisi mavsumlar oralig'ida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirayotgan "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati Yovich bilan xayrlashishga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa serbni ijaraga berishni va uning o'rniga boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Bitimning moliyaviy tafsilotlari aniq emas, ammo "Chelsi" Yovich uchun "Napoli", "Milan" va "Tottenxem" klublari bilan raqobat olib borishi kerak.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo