"Chelsi" yoz davomida "Atalanta"dan ikkinchi himoyachini sotib olmoqda

Aslanov Jasurbek
26 avg 2026, 23:49
"Chelsi" "Atalanta" va Italiya terma jamoasining 18 yoshli markaziy himoyachisi Xonest Axanorni sotib olishga yaqin turibdi.

Insayder Djanluka Di Marcio o'zining rasmiy saytida xabar berishicha, "ko'klar" yosh futbolchining transferi ustida ishlamoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 40 mln evrodan oshadi. Muzokaralar yakuniy bosqichga etdi. Takidlanishicha, joriy transfer oynasida lateral Marko Palestra bo'yicha amalga oshirilgan bitimdan so'ng "Chelsi" va "Atalanta" o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan.

Shu tariqa, Axanor joriy yozda "Atalanta"dan "Chelsi"ga o'tgan ikkinchi himoyachiga aylanishi mumkin. Palestra, avval xabar berilganidek, Angliya klubiga 57+3 mln evro hamda kelajakdagi har qanday qayta sotuvning 10 foizi evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com