"Chelsi" yarim himoyachisi "Ayaks"ga o'tdi

Alisher
31 avg 2019
"Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Familio-Kastilo ijara asosida "Ayaks"ga o'tdi.

Bu haqda amsterdamliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. 19 yoshli futbolchi "Ayaks"da 2020 yil 30 iyunga qadar o'ynaydi.

"Ayaks" o'yinchining ijarasi tugagandan so'ng uni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Familio-Kastilo "Ayaks" akademiyasida 2009-2016 yillar davomida shug'ullangan.

Futbolchi shundan so'ng "Chelsi"ga o'tgan edi, ammo u "aristokratlar" safida birorta o'yinda ham maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/afcajax_en