"Chelsi" vingerini ma'lum shartlar asosida qo'yib yuborishga tayyor

Sherzod Nurmatov
26 apr 2024
"Ko'klar" yozda Mixaylo Mudrik transferini muhokama qilishga shay holatda.

Londonning "Chelsi" jamoasi vingeri Mixaylo Mudrikni yozda ma'lum shartlar asosida qo'yib yuborishga tayyor, deya xabar berdi "Fichajes".

Xabar qilinishicha, "ko'klar" Mudrikni barqaror o'yin tajribasiga ega bo'ladigan joyga ijaraga berish yoki uni "Shaxtyor"dan sotib olish uchun sarflangan xarajat – 70 mln evroni chiqarib olish uchun qimmat narxda sotmoqchi. Hozirda Mudrikka "Arsenal" va "Yuventus" davogarlik qilishmoqda.

Mixaylo Mudrik joriy mavsum "Chelsi" safida 25 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes