"Chelsi" Villian borasidagi taklif uchun "Barselona"ga rad javobini berdi. Nimaga?

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 10:33
"Chelsi" rahbariyati yarim himoyachi Villian borasida "Barselona"dan tushgan taklifga rad javobini berdi.

Kataloniya jamoasi braziliyalik uchun 60 mln evrolik taklif jo'natgan. "Sky Sports" xabariga ko'ra, "Chelsi" futbolchini bundan-da ko'proq mablag'ga sotishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Oldinroq mankunianliklar futbolchini 65 mln evroga baholagandi. "Chelsi" yarim himoyachini biroz ko'proq taklif qilayotgan MYUga sotishni istamoqda.

O'tgan mavsumda Villian 55 uchrashuvda maydonga tushdi. Bunda u 13 gol urib, 8 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports