"Chelsi" "Vest Bromvich" futbolchisini haqorat qilgan muxlislarni jazolaydi

Mirjalol Normatov
4 apr 2021
"Chelsi" matbuot xizmati "Vest Bromvich" futbolchisi Kallum Robinsonni irqiy kamsitgan muxlislar jazolanishini ma'lum qildi.

"Chelsi"ga o'zining ikkinchi golini urganilan keyin instagramda Kallumni irqiy kamsitgan muxlislar soni juda ko'payib ketdi. Shu boisdan "Chelsi" rahbariyati bu borada kurashishini ma'lum qildi.

"Chelsi" muxlislarning odobsizligini to'g'ri qabul qilmaydi. Bu klubda rasizmga o'rin yo'q. Xoh u abonement, xoh chipta egasi bo'lsin qoidalar barcha uchun barobar", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal