"Chelsi" va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi koma holatiga tushib qoldi

Mirjalol Normatov
1 apr 2018
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Rey Uilkinsning sog'ligida jiddiy muammolar yuzaga keldi.

Angliya termasi, "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ning 61 yoshli sobiq futbolchisi yurak urishi to'xtab qolishi natijasida koma holatiga tushib qolgan. Hozircha boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Uilkins 1973-1979 yillarda "Chelsi", 1979-1984 yillarda "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagan.

2000 yildan 2010 yilga qadar "Chelsi" murabbiylar shtabida ishlagan. 2015 yilda Iordaniya termasini boshqargan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror