"Chelsi" va "Liverpul" Arauxoga qiziqmoqda. "Barselona"da o'yinchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muammolar paydo bo'ldi

Alisher
1 dek 2021
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli urugvaylik futbolchi uchun "Liverpul" va "Chelsi" davogarlik qilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, kataloniyaliklarda o'yinchi bilan shartnomani uzaytirish borasida qiyinchilik yuzaga kelgan. Arauxoning amaldagi kelishuvi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Arauxo joriy mavsum "Barsa" libosida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.