"Chelsi" tarbiyalanuvchisi uchun mana ikkinchi yildirki, avgust oyi muvaffaqiyatli kelmoqda

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt ajoyib statistikaga ega.

O'tgan yili 3 avgust kuni Maunt "Derbi Kaunti" safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va gol urgandi. O'shanda jamoa ustozi Frenk Lempard edi. 



Bugun 18 avgust kuni ham 20 yoshli Meyson "Chelsi" tarkibida ilk bor uy uchrashuvini o'tkazib, klubning bu mavsumdagi dastlabki golini urishga erishdi. E'tiborlisi, bu safar ham u Frenk Lempard bilan birga. 




Manba: goal.com