"Chelsi" Sanchoning MYUga qaytganini e'lon qildi. Londonliklar futbolchini to'liq sotib olmagani uchun 5 mln evro to'lashadi

Administrator
11 iyun 2025
Jeydon Sancho "Chelsi"dagi ijarasi yakunlangach, "Manchester Yunayted"ga qaytadi.

Bu haqda London klubi rasman ma'lum qildi. Yarim himoyachi 2024 yil 31 avgustda jamoaga qo'shilgan va o'tgan mavsumda klub safida jami 41 ta o'yinda maydonga tushgan.

"Stemford Brij"dagi faoliyati davomida vinger 5 ta gol urdi, so'nggi marta Konferenciyalar ligasi finalida "Betis"ga qarshi o'yinda (4:1) hisobni ochgan edi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, londonliklar futbolchini majburiy sotib olishdan voz kechganliklari uchun 5 million funt sterling jarima to'ladilar. Aslida bu summa 25 million funt sterlinggacha etishi mumkin edi.


AdministratorMuallif
Manba: talkSport