"Chelsi" qishda Zaxaryanni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi

Оқил Абдубарноев
2 sen 2022
"Chelsi" yozgi transfer oynasida "Dinamo" yarim himoyachisi Arsen Zaxaryanni o'z safiga qo'shib ololmadi.

Sankciyalar sababli Rossiyaga pul o'tkazish bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi.

Evening Standart o'z sahifalarida xabar berishicha, "Chelsi" qishki transfer oynasida Zaxaryan borasida "Dinamo" bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi.

Yaqin oylarda London klubi futbolchidan yuz o'girilmasligi uchun Arsen Zaxaryan o'z mahoratini ko'rsatishi lozim.  Qizig'i shundaki, Zaxaryan 2003 yilda tug'ilgan eng iqtidorli futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Evening Standart