"Chelsi" Osimxen uchun puldan tashqari Lukaku va yana bir futbolchisini berishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2024
Londonning "Chelsi" klubi "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxendan umidini uzmagan.

Yaqinda "Barselona"dan Mark Giu "Chelsi"ga o'tdi, Nikolas Jekson ham Londonda qolmoqda.

Shunga qaramay, "ko'klar" yana bir markaziy hujumchi sotib olishni niyat qilgan va Viktor Osimxen asosiy maqsadlardan biri sanaladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Chelsi" Viktor Osimxen narxini pasaytirish uchun Romelu Lukaku va Chezare Kazadeini qo'shib berishga tayyor turibdi.

Bunday variantga "Napoli" qanday javob bergani hozircha noma'lum.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: teamtalk.com