"Chelsi" moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun 10 mln evro jarima to'laydi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023
"Chelsi" UEFA bilan tinchlik bitimi tuzilganini e'lon qildi.

London klubi belgilangan to'lov sifatida 10 mln evro to'lashi kerak.

"Klubning to'la shaffoflik haqidagi asosiy qadriyatlariga muvofiq, biz bu ish UEFA tomonidan erta oshkor etilgani va muammo hal qilish bilan yakunlanganidan minnatdormiz. Bu masalani ko'rib chiqqani uchun UEFAga rasman minnatdorchilik bildiramiz. "Chelsi" UEFA bilan munosabatlarni yuqori baholaydi va bu munosabatlar rivojlanib borishiga umid qiladi", – deyiladi klub ramiy bayonotida.

"Chelsi" rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli bo'lgan davrda klub rahbariyati 2012-2019 yillardagi bitimlar bo'yicha to'liq moliyaviy hisobot taqdim etmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic